Doʻkonlar uchun tizim

Hamkorlik tartibi

Telegram bot, Mini App, veb-sayt va admin panel — bitta tizim. Bu hujjatda nima olasiz, qanday ishlaymiz va shartnomada nimalar kelishilishi yozilgan.

Versiya: 2026-yil noyabr

Tizim

Bitta buyurtmaning yoʻli

  1. Xaridor Telegram bot yoki saytda katalogni ochadi va mahsulotni tanlaydi.

  2. Telefon raqami va manzilini yuboradi — buyurtma rasmiylashtiriladi.

  3. Buyurtma oʻsha zahoti Telegram guruhingizga keladi va admin panelga yoziladi.

  4. Siz holatni oʻzgartirasiz — xaridorga bot oʻzi xabar beradi.

Favzon Perfumes doʻkoni shu tizimda ishlaydi.Loyihani koʻrish

Paketlar

Paketlar va narxlar

Narxlar — boshlangʻich. Aniq summa va muddat brifdan keyin tijorat taklifida yoziladi.

Start

7 mln soʻmdan

5–7 ish kuni

Telegram bot va Mini App katalog. Buyurtmalar Telegram guruhga va admin panelga tushadi. Doʻkon nomi, logo va ranglar — sizniki.

Doʻkon

17 mln soʻmdan

10–15 ish kuni

Start + oʻz domeningizdagi veb-sayt, toʻliq admin panel (mahsulotlar, buyurtmalar, holatlar, mijozlar), xaridorga avtomatik xabarlar, Click va Payme.

Brend

25 mln soʻmdan

15–20 ish kuni

Doʻkon + sayt va Mini App uchun brendingizga mos alohida dizayn.

Ombor integratsiyasi

Qoʻshimcha. MoySklad yoki Billz: qoldiq va narxlar avtomatik yangilanadi, buyurtma hisobga oʻzi tushadi. 1C — qisqa auditdan keyin.

6 mln soʻmdan

+5–10 ish kuni

Narxga kiradi

  • Sozlash va ishga tushirish: domen, bot va server sizning nomingizga ochiladi
  • Kod va barcha kirish huquqlarini topshirish
  • 1 yil kafolat: xatolarni bepul tuzatamiz
  • Katalogni jadvalingizdan bir marta yuklash
  • Admin panel boʻyicha 1 soatlik oʻrgatish

Alohida toʻlanadi

  • Server va domen — toʻgʻridan-toʻgʻri provayderga, sizning hisobingizdan
  • Click va Payme komissiyasi — ular bilan shartnomangiz boʻyicha
  • Yangi funksiyalar, dizayn va matn oʻzgarishlari
  • Mahsulot rasmlari va tavsiflarini tayyorlash
Ish bosqichlari

Tanishuvdan kafolatgacha toʻqqiz qadam

Har qadamda nima olishingiz va sizdan nima kerakligi oldindan maʼlum.

  1. Tanishuv va demo

    15–30 daqiqalik suhbatda tizimni jonli koʻrsatamiz va doʻkoningiz qanday ishlashini tushunib olamiz.

    Natija: Qaysi paket mos kelishi haqida aniq javob

    Sizdan: Nima sotishingiz va buyurtmalar qayerdan kelishi

  2. Brif

    Mahsulotlar soni, toʻlov va yetkazish shartlari, kerakli integratsiyalar boʻyicha qisqa soʻrovnoma.

    Natija: Aniq ish hajmi

    Sizdan: Brifga javoblar (15 daqiqa)

  3. Tijorat taklifi

    Brifdan keyin 24 soat ichida yuboramiz.

    Natija: Narx, muddat, nima kiradi va nima kirmaydi

    Sizdan: Taklif boʻyicha qaror

  4. Shartnoma va avans

    Shartnoma imzolanadi. Ilovasida — texnik topshiriq.

    Natija: Imzolangan shartnoma va ish jadvali

    Sizdan: 50% avans

  5. Materiallar

    Logo, ranglar, mahsulotlar jadvali, yetkazish va toʻlov shartlari. Muddat materiallar toʻliq kelgan kundan sanaladi.

    Natija: Ish boshlanadi, sanalar belgilanadi

    Sizdan: Quyidagi roʻyxatdagi materiallar

  6. Yigʻish

    Tizimni sinov manzilida yigʻamiz. Brend paketida avval dizayn tasdiqlanadi.

    Natija: Oraliq natija va sinov havolasi

    Sizdan: Dizayn va oraliq natija boʻyicha fikr

  7. Koʻrsatish va tuzatish

    Tayyor tizimni koʻrsatamiz. Izohlaringiz bitta roʻyxatda yigʻiladi va tuzatiladi.

    Natija: Tuzatilgan, ishga tayyor versiya

    Sizdan: Bitta jamlangan izohlar roʻyxati

  8. Ishga tushirish va topshirish

    Domen, bot va toʻlov tizimi ulanadi. Admin panel boʻyicha oʻrgatish oʻtkazamiz.

    Natija: Ishlayotgan doʻkon, kod, kirish huquqlari va dalolatnoma

    Sizdan: Qolgan 50% toʻlov

  9. Kafolat

    12 oy davomida xatolarni bepul tuzatamiz. Yangi ishlar alohida kelishiladi.

    Natija: Belgilangan muddatda javob va tuzatish

    Sizdan: Xato haqida skrinshot yoki qisqa izoh

Tayyorgarlik

Sizdan kerak boʻladigan narsalar

Roʻyxat toʻliq boʻlsa, ish kechikmaydi. Click va Payme hujjatlari ulanishga vaqt oladi, shuning uchun ularni birinchi kundanoq boshlaymiz.

  • Logo (SVG yoki sifatli PNG) va brend ranglari
  • Mahsulotlar jadvali: nomi, narxi, tavsifi, kategoriyasi va rasmi (Excel shablonini beramiz)
  • Yetkazish shartlari: hududlar, narx va muddat
  • Toʻlov usullari; Click va Payme uchun — YaTT yoki MChJ hujjatlari va bank rekvizitlari
  • Domen (boʻlmasa, sizning nomingizga birga olamiz)
  • Telegram akkaunt — bot shu akkauntga oʻtkaziladi
  • Ombor integratsiyasi uchun: MoySklad yoki Billz kirish kaliti (API), 1C boʻlsa — dasturchingiz bilan aloqa
  • Siz tomondan bitta masʼul shaxs
Shartnoma

Shartnomaning asosiy shartlari

Quyidagilar shartnomada yoziladi. Ish hajmi shartnoma ilovasi — texnik topshiriqda batafsil koʻrsatiladi.

Ish hajmi

Nima qilinishi texnik topshiriqda yoziladi. Unda yoʻq ish — qoʻshimcha ish, u alohida kelishiladi.

Muddat

Materiallar toʻliq kelgan kundan sanaladi. Material, tasdiq yoki hujjat kechiksa, muddat shuncha suriladi.

Toʻlov

50% — shartnoma imzolangach, 50% — ishga tushirilib, dalolatnoma imzolanganda. Ombor integratsiyasi alohida bosqich sifatida shu tartibda toʻlanadi. Toʻlov usuli shartnomada belgilanadi.

Qabul qilish

Ishga tushgandan keyin 3 ish kuni ichida tekshirasiz. Izoh boʻlsa, roʻyxat bilan yuborasiz va tuzatamiz. Shu muddatda izoh kelmasa, ish qabul qilingan hisoblanadi.

Tuzatishlar

Bitta jamlangan tuzatish davrasi narxga kiradi. Keyingi oʻzgarishlar yangi ish sifatida baholanadi.

Yangi ishlar

Kafolat davrida ham, undan keyin ham yangi funksiya va oʻzgarishlar alohida baho bilan bajariladi: kichik ishlar soatbay, kattalari — alohida taklif bilan.

Kod va huquqlar

Toʻliq toʻlovdan keyin doʻkoningiz kodi va barcha kirish huquqlari (server, domen, bot, toʻlov hisoblari) sizga topshiriladi. Ularni cheklovsiz ishlatishingiz, oʻzgartirishingiz va boshqa dasturchiga berishingiz mumkin. VOSIQ umumiy texnik asos va komponentlarni boshqa loyihalarda ishlatish huquqini saqlab qoladi; sizning brendingiz, siz uchun tayyorlangan dizayn, kontent va maʼlumotlar boshqa joyda ishlatilmaydi.

Kafolat — 1 yil

Ishga tushgan kundan 12 oy davomida xatolarni bepul tuzatamiz. Xato — tizim texnik topshiriqda yozilganidek ishlamasligi. Jiddiy nosozlik (buyurtma tushmayapti, sayt yoki bot ishlamayapti) boʻlsa, ish vaqtida 4 soat ichida ishga kirishamiz; boshqa xatolar 3 ish kuni ichida tuzatiladi.

Kafolatga kirmaydi:

  • yangi funksiya, dizayn yoki matn oʻzgarishi;
  • kodni boshqa dasturchi oʻzgartirgan qismlar;
  • Telegram, Click, Payme yoki ombor tizimi oʻz qoidasini oʻzgartirgani uchun moslash (texnik xizmatda kiradi);
  • server, domen va tashqi xizmatlar toʻlovi.

Maʼlumotlar va maxfiylik

Xaridorlaringiz maʼlumotlari sizniki. Biz ulardan faqat tizimni sozlash va qoʻllab-quvvatlash uchun foydalanamiz va uchinchi shaxslarga bermaymiz. Server joylashuvi shartnomada yoziladi va Oʻzbekiston qonunchiligi talablariga mos tanlanadi.

Bekor qilish

Ish boshlangach shartnoma bekor qilinsa, bajarilgan qism uchun haq avansdan ushlab qolinadi, tayyor qism topshiriladi, qolgan summa qaytariladi.

Nizolar

Kelishmovchilik avval muzokara yoʻli bilan hal qilinadi, kelishilmasa — Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq.

Ixtiyoriy

Texnik xizmat

Kafolat birinchi yil xatolarni qoplaydi. Texnik xizmat esa tizimni kuzatib, tashqi oʻzgarishlarga moslab boradi — biri ikkinchisining oʻrnini bosmaydi.

  • Server va domen ishlashini kuzatish, zaxira nusxalar
  • Telegram, Click, Payme va ombor tizimi oʻzgarishlariga moslash
  • Oyiga 2 soatgacha mayda oʻzgarishlar
  • Ustuvor javob

Server va domen toʻlovi bunga kirmaydi: ular sizning nomingizda va siz toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlaysiz.

500 ming soʻm/oydan

Savollar

Koʻp beriladigan savollar

Bot, sayt va domen kimniki boʻladi?

Sizniki. Domen, server, bot va toʻlov hisoblari sizning nomingizga ochiladi. Ishga tushgach kod ham topshiriladi.

Mahsulot va narxlarni oʻzim oʻzgartira olamanmi?

Ha, admin paneldan: mahsulotlar, narxlar, rasmlar, qoldiq va buyurtma holatlari.

Click yoki Payme ulash qancha vaqt oladi?

Click va Payme bilan shartnomani siz tuzasiz, buning uchun YaTT yoki MChJ kerak. Ulash muddati ularga bogʻliq, shuning uchun hujjatlarni birinchi kundanoq boshlaymiz.

Keyin boshqa dasturchi bilan ishlasam boʻladimi?

Ha, kod va kirish huquqlari sizda. Faqat boshqa dasturchi oʻzgartirgan qismlarga kafolat amal qilmaydi.

Bir yildan keyin nima boʻladi?

Tizim ishlashda davom etadi. Xohlasangiz, texnik xizmatni ulaysiz yoki tuzatishlarni soatbay buyurtma qilasiz.

Ombor dasturim boshqacha boʻlsa-chi?

Dasturda API boʻlsa, ulash mumkin. Avval koʻrib chiqamiz va aniq narx aytamiz. 1C boʻlsa, avval qisqa audit oʻtkazamiz.

Tizimni jonli koʻring

Telegramda yozing: demo koʻrsatamiz va savollaringizga javob beramiz.